Farg‘ona shahrida 5 mingga yaqin yoshlar ishtirokida velomarafon va yugurish musobaqasi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i qabul qilinganining 27 yilligi munosabati bilan Farg‘ona shahrida 5 mingga yaqin yoshlar ishtirokida velomarafon va yugurish musobaqasi o‘tkazildi. Bu haqda Yoshlar media markazi xabar qildi.

Marafon davomida milliy gvardiya tomonidan parad tashkil qilindi.
Marafonda faol ishtirok etgan Ahror Mahmudaliyev, Fotimaxon Obitjonova, Sitora Qurbonova Zarnigor Yusufjonovalarga Yoshlar ittifoqi hamda milliy gvardiya tomodan faxriy yorliq va estalik sovg‘alari berildi.
Tadbirda milliy gvardiya hodimlari tomomidan harbiy ko‘rinishlar amalga oshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter