Farg‘onalik soliqchilar noqonuniy olib ketilayotgan 41 mln. so‘mlik sitrus mevalarni aniqladi
Joriy yilning noyabr oyida Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan tadbirlar natijasida 39 nafar fuqaro davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotganligi aniqlanib, ularga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi, faoliyatini qonuniy tarzda davom ettirish uchun kerakli tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, hujjatsiz faoliyat yuritayotgan 20 nafar fuqaroga tegishli bo‘lgan 102,6 mln.so‘mlik tovar-moddiy boyliklar daliliy ashyo sifatida vaqtincha saqlash uchun olindi.
Xususan, olingan tezkor ma’lumotlar asosida Farg‘ona shahar davlat soliq inspeksiyasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Farg‘ona shahar bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda nazorat tadbiri o‘tkazilib, Al-Farg‘oniy ko‘chasida turgan Quvasoy shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro M.X. boshqaruvidagi ISUZI rusumli yuk mashinasi ko‘zdan kechirilganda, transport vositasi yukxonasidagi sitrus mevalarni biror hujjatsiz Quvasoy shahriga sotish uchun olib ketilayotganligi aniqlangan. Mazkur holat bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, hujjatsiz tarzda sotishga mo‘ljallangan 3 xil turdagi 193 quti, qariyb 41 mln. so‘mlik sitrus mevalar daliliy ashyo sifatida olindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi, Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi xabar berdi.
Bundan tashqari, noyabr oyida Farg‘ona shaxri P.Mahmud ko‘chasida joylashgan savdo majmuasida o‘tkazilgan tadbirlar davomida marg‘ilonlik tadbirkor K.J. faoliyati o‘rganilganda, fuqaro nazorat kassa mashinasi va to‘lov terminali bilan jihozlanmagan savdo shoxobchasida hech qanday hujjatsiz telefon va aksessuarlar sotish bilan shug‘ullanayotganligi aniqlangan.Tadbir yakunlari bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, 1127 dona 13 mln. so‘mdan ortiq qiymatdagi tovar-moddiy boyliklar daliliy ashyo sifatida vaqtincha olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter