Yetti yillik «Lasetti» mojarosi: firibgarga ish ochildi
Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMBga Sunnatulla S.dan shikoyat kelib tushdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2014-yil 28-noyabr kuni Abdulla P. Sunnatulla S. ning ishonchiga kirib, undan 13.500 AQSh dollarlik «Lasetti» rusumli avtoulovini muddatli to‘lov asosida sotib olishni va’da qilgan.
So‘ngra undan avtoulovni olib boshqa shaxsga sotib yuborgani va pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborganligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi («Firibgarlik») bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter