Erta o‘lim xavfini kamaytirishning oson yo‘li topildi
Avstraliyaning Sidney universiteti olimlari erta o‘lim xavfini kamaytirishning samarali va oson yo‘lini topgani aytilmoqda.
Tadqiqot uchun Buyuk Britaniya tibbiy va genetik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan sport bilan shug‘ullanmagan 25 000 nafar kishining jismoniy faolligi haqidagi ma’lumotlar o‘rganildi.
Shuningdek, ularning salomatlik ko‘rsatkichlari tahlil etildi.
Ma’lum bo‘lishicha, kuniga atigi 3-4 daqiqalik faol jismoniy yuklama o‘lim xavfini 40 foiz, yurak-qon tomir kasalliklariga chalinish ehtimolini esa 49 foizgacha kamaytirishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter