Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar qildi.
Shu paytgacha viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Nurqulov Abdumajit Alibekovich vazifasidan ozod etildi. A.Nurqulov endi viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha maslahatchisi sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Deputatlar shu kunga qadar Oqdaryo tumani hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Abilov Feruz Ne’matullayevichni Samarqand viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi viloyat hokimi qarorini tasdiqladilar.
Avvalroq, Samarqandning Jomboy va Oqdaryo tumanlarida hokimlar
almashgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter