Yer sayyorasi Quyoshga maksimal yaqinlashishi kutilmoqda
3-yanvar kuni Yer sayyorasi Quyoshga maksimal darajada yaqinlashadi.
Shu tufayli yulduzning ko‘rinadigan diametri iyul oyidagiga qaraganda 3 foizga katta bo‘ladi.
Yulduz va sayyora orasidagi masofa shu kuni 147 098 988 km ni tashkil qiladi.
Astronomlar Yerning Toshkent vaqti bilan 05:38 da Quyoshga maksimal yaqinlashishiga aniqlik kiritishdi.
Ma’lumki, Yer Quyosh atrofida elliptik orbita bo‘ylab harakatlanadi. Sayyora yanvarda perigeliyga, iyul oyining boshida afelionga (orbitaning eng uzoq nuqtasi) yetib boradi. Bu davrda u Quyoshdan 152 million km dan ortiq masofaga uzoqlashadi.
Avvalroq Quyoshda kuchli chaqnash bo‘lgani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter