Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yer maydonlarini ijaraga berish tartibi o‘zgaradi

Yer maydonlarini ijaraga berish tartibi o‘zgaradi

Foto: «uzlidep.uz»

Hukumatning «Paxta va g‘alladan bo‘shagan maydonlarni dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ijaraga berish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Nizomga ko‘ra, agrosanoat klasterlari va fermer xo‘jaliklari ixtiyoridagi yaroqsiz bog‘lardan, paxta va g‘alla ekinlaridan bo‘shagan sug‘oriladigan yer maydonlarini dehqon xo‘jaligini yuritish uchun 10 sotixdan 30 sotixgacha o‘lchamlarda faqat oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish maqsadida ishsiz, shu jumladan «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan mehnatga layoqatli fuqarolarga 10 yil muddat uchun ijaraga beriladi.

Bunda, tumanlar kesimida dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilayotgan umumiy yer maydoni va har bir fuqaro uchun beriladigan yer uchastkasi o‘lchamlari quyidagilar asosida belgilanadi hamda Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashining qarori bilan tasdiqlanadi:

  • aholi tig‘izligi;
  • ishsiz, shu jumladan «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan mehnatga layoqatli fuqarolar soni;
  • dehqonchilik faoliyati bilan shug‘ullanish va o‘zini o‘zi band qilish istagidagi fuqarolar soni.

Muhokama joriy oyning 27 sanasiga qadar ochiq.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring