Eng yosh vazir o‘rinbosari o‘z to‘yini «super-ixcham» o‘tkazmoqchi
O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev o‘zining Feysbukdagi sahifasida unashtirilgani haqida post qoldirgan.
«Sputnik» nashrining aniqlik kiritishicha, unashtiruv marosimi Arafa kuni, ular safardaligida bo‘lib o‘tgan.
«Yurtimizda tinchlik va rivojlanish davomiy bo‘lsin. Xalqimiz xizmatida bo‘lishlik va alarning ishonchlariga erishish barcha yurtdoshlarimizga nasib etsin. Komil farzandlar tarbiyalab, yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shish barchamizga nasib aylasin! Risoladagidek, namunaviy va super-ixcham to‘y o‘tkazamiz. Shu bahonada #ixcham_tōy trendini ham yo‘lga qo‘yib olamiz. Qani yoshlar shu jabhada ham birlashaylik!», — degan vazir o‘rinbosari.
«Feysbuk» foydalanuvchilari Sa’dullayevga baxt tilashmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter