Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Energetika vazirligi benzin yuzasidan ogohlantirish bilan chiqdi

Energetika vazirligi benzin yuzasidan ogohlantirish bilan chiqdi

Foto: Xabar.uz

Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zneftgazinspeksiya», huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ishchi guruh a’zolari bilan o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlarida fuqarolar tomonidan neft mahsulotlaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda.

Xususan, 15-dekabr kuni Toshkent shahridagi «Nazarbek» yo‘l patrul postida fuqaro A.Yu. boshqaruvidagi Gazel rusumli avtomobil yukxonasida F.Ya. ga tegishli bo‘lgan 500 litr dizel yonilg‘isi nostandart yelim idishlarda yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga zid ravishda olib ketayotgan vaqtida ushlangan, deyiladi xabarda.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Shuni ta’kidlash kerakki, neft mahsulotlarini noqonuniy saqlash, tashish va sotish insonlar hayoti va mol mulkiga jiddiy zarar yetkazishi hamda og‘ir asoratlar qoldirishi mumkin.

Shu bois, Energetika vazirligi tadbirkor va fuqarolarni neft mahsulotlarini noqonuniy saqlash, tashish va sotishdan ogohlantirgan.

Bu kabi noqonuniy holatlar aniqlanganda, birinchidan, aniqlangan neft mahsulotlari musodara bo‘ladi. Shuningdek, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Qolaversa, yuqoridagi kabi qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan shaxslar huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishini eslatib o‘tamiz.

Hozirda ishchi guruhlar tomonidan tunu-kun nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring