Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi sudlanmaganlik haqidagi ma’lumotnomani olish uchun Toshkentga qatnash shart emas

Endi sudlanmaganlik haqidagi ma’lumotnomani olish uchun Toshkentga qatnash shart emas

Foto: «Sputnik»

Davlat xizmatlari agentligi 2018-yilning 1-iyunidan yana 31 ta xizmatni joriy etdi va jami ko‘rsatayotgan xizmatlari soni 80 tadan oshdi.

Agentlikning jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, 1-iyundan boshlab mamlakatimiz fuqarolari sudlanmaganlik (sudlanganlik) haqidagi ma’lumotnomani bevosita o‘zlari yashaydigan tumanlardan olishlari mumkin bo‘ldi. Buning uchun ular tuman Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishlari kerak.

Avvallari bu ma’lumotnomani olish uchun Toshkent shahriga qatnashga to‘g‘ri kelardi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil 1-yanvardan Tadbirkorlik sub’yektlariga «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tuman (shahar)lardagi Xalq qabulxonalari huzurida faoliyat yurituvchi Davlat xizmatlari markazlariga aylantirilgan bo‘lib, ularning jami soni 201 tani tashkil etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring