Endi «O‘zbekiston pochtasi» orqali 50 kg. gacha bo‘lgan kurerlik jo‘natmalarini yuborish mumkin
«O‘zbekiston pochtasi» aksiyadorlik jamiyati respublikamiz hududida 50 kg. gacha bo‘lgan kurerlik jo‘natmalarini qabul qilish va yetkazib berish xizmatini taqdim etdi.
Pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida 2018 yil 1 fevraldan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar o‘rtasida, shuningdek, hududlar ichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va qarama-qarshi yo‘nalishlar bo‘yicha 50 kg. gacha bo‘lgan kurerlik jo‘natmalarini qabul qilish va yetkazib berish xizmatlari taqdim etildi, deyiladi «O‘zbekiston pochtasi» ma’lumotida.
50 kg. gacha bo‘lgan kurerlik jo‘natmalariga o‘rnatilgan tariflar bilan aksiyadorlik jamiyati rasmiy saytida tanishish mumkin.
Ma’lumot uchun: avvalroq «O‘zbekiston pochtasi» AJ tomonidan xalqaro jo‘natiladigan posilkalarning og‘irligi 20 kg.dan 30 kg.ga oshirilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter