Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pochta jo‘natmasidagi ampulalardan «Tramadol» chiqdi

Pochta jo‘natmasidagi ampulalardan «Tramadol» chiqdi

Foto: Bojxona matbuot xizmati

Pochta jo‘natmalari orqali giyohvandlik vositalarini yurtimiz hududiga olib kirish taqiqlanadi. Lekin, ayrim shaxslar tartiblarga zid ravishda o‘z qing‘irliklarini amalga oshirishga urinmoqda.

Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari «Bosh pochtamt» bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda Qozog‘iston davlatidan yurtimizda istiqomat qiluvchi fuqaro nomiga kelgan pochta jo‘natmasini belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazishdi.

Natijada, pochta jo‘natmasida pochta deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan,  4 ta konvalyutada jami 20 ta ampulada tarkibida giyohvand modda bo‘lgan «Tramadol»  nomli giyohvandlik dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring