Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektron xaridlar uchun ham keshbek to‘lash boshlandi

Elektron xaridlar uchun ham keshbek to‘lash boshlandi

Foto: «Xabar.uz»

Endi masofaviy elektron to‘lovlar uchun ham xaridlardan 1 foiz miqdorida keshbek to‘lanadi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Bularga Click, Payme, Oson, Apelsin, Paynet, ATTO va boshqa xizmatlar, bank xizmatlari (jumladan, mobil ilovalar) va marketplace’lar (onlayn do‘konlar) orqali to‘lovlar kiradi.

Ushbu xizmatlarning soliq organlari tizimlari bilan integratsiyalashuvi tufayli to‘lov tizimlari orqali to‘lovlarni amalga oshirishda QR-kodli chek hosil bo‘ladi. Agar iste’molchi keshbek tizimida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, xarid summasining 1 foizi Soliq mobil ilovasining shaxsiy kabinetida avtomatik tarzda aks ettiriladi.

Shuningdek, keshbekni olish uchun elektron chekdagi QR kodni skanerlash mumkin.

Qo‘mitaning eslatishicha, avtomobillar, havo va temir yo‘l chiptalarini xarid qilish, kommunal va aloqa xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirishda keshbek to‘lanmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring