Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ekspert: odamlarni ochlikdan ko‘ra semizlik qiynayapti (video)

Hozirgi kunda ko‘pchilik to‘g‘ri ovqatlanish qoidalari to‘g‘risida gapiradigan bo‘lib qoldi. Ilgari ozish uchun sportzalga qatna, sog‘lom bo‘lish uchun fitnesga bor deyishardi. Bugun esa to‘g‘ri ovqatlanishni o‘rganish tavsiya etilyapti.

Ehtimol, sog‘lig‘ingiz va ko‘rinishingiz bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelayotgandir. Yoki do‘stlaringiz orasida semirganingizdan yoshingiz katta ko‘rinib, ajralib qolayotganingiz yoqmayotgandir. Balki, bugun ertalab ko‘zguga qaraganda ancha-muncha to‘lishib qolganingizni payqagandirsiz. Har kuni minglab kishilar shu va boshqa sabablarga ko‘ra to‘g‘ri ovqatlanishga qaror qilishadi.

Ozishga bo‘lgan motivatsiyani oshirish, shu bilan birga, bilimingizni sal bo‘lsa-da boyitish maqsadida e’tiboringizga bir qancha anyachli fakt va dalillarni taqdim etamiz.

Olimlarning fikricha, odamning jismoniy salomatligi 50 foiz turmush tarziga, jumladan, uning qanday ovqatlanishiga bog‘liq. 20 foiz irsiyat va atrof-muhit, atigi 10 foizi esa tibbiy ta’minotga borib taqalarkan.

Hozirgi zamonda odamlar ochlikdan ko‘ra semizlikdan ko‘proq qiynalishadi.

AQSh sog‘liq saqlash budjetining qariyb 20 foizi semizlik bilan bog‘liq kasalliklarni davolashga sarflanadi. Tushunarli bo‘lishi uchun raqamda keltiramiz: bu qariyb 200 milliard dollar degani.

Diabetning 44 foizi, yurak ishemik kasalliklarning 23 foizi, saraton ayrim turlarining 7–41 foizi faqatgina semizlik va ortiqcha vazn bilan bog‘liq.

Buni qarangki, Yangi Zelandiyada semizlikdan qiynalayotgan odamga istiqomat uchun guvohnoma berishdan bosh tortishlari mumkin ekan.

Hozirgi zamon tibbiyoti semizlikni kasallik deb tan olishi uchun bir necha o‘n yillar kerak bo‘ldi. Vaholanki, qadimgi Yunonistonda semizlikka salomatlikning jiddiy buzilishi sifatida qarashgan.

Agar siz to‘g‘ri ovqatlanish — haddan tashqari qimmatga tushadi, deb hisoblasangiz, adashasiz. Salomatligingizda muammo kelib chiqsa, ketadigan mablag‘ oldida bu sariq chaqaga ham arzimaydi.

Statistikaga ko‘ra, to‘ladan kelgan haydovchilarning YTHda halok bo‘lish ehtimoli ozg‘inlariga qaraganda 78 foiz ga ko‘proqni tashkil etarkan.

Modomiki, semizlik mana shu tezlikda o‘sishni davom ettirsa, 2030-yilga kelib sayyoramiz aholisining qariyb 51 foizi ortiqcha vazndan qiynaladi.

Shunga qaramay, siz semizlikni halokatli muammo deb hisoblamayotgan bo‘lsangiz, quyidagi raqamlarga e’tibor bering. Semizlik o‘lim sabablari reytingida 5-o‘rinda turadi. Har yili kamida 2,8 million kishi semizlik yoki ortiqcha vazn tufayli hayotdan ko‘z yumadi.

  • Ozish uchun kuniga necha marta ovqatlanish kerak?
  • Qaysi mahsulotni xohlagancha iste’mol qilish mumkin?
  • Qaysi mahsulotlar ozishga yordam beradi?
  • Kartoshka ozishga xalaqit qiladimi?
  • Zararli shirinliklar o‘rniga nima yeyish mumkin?
  • Sport bilan shug‘ullanmasdan ozsa bo‘ladimi?
  • Kechki soat 6 dan keyin ovqatlanish mumkinmi?
  • Yog‘sizlantirilgan mahsulotlar foydalimi?
  • Tungi ishtahani — nafsni qanday tiysa bo‘ladi?
  • Shirinlikka o‘chlikni to‘xtatish mumkinmi?
  • Nima uchun ozayotganda vazn birdaniga kamaymay qo‘yadi?
  • Kunduzgi soat 12 gacha xohlagan narsani yeyish mumkin deyishadi. Shu to‘g‘rimi?
  • Kuniga necha litr suv ichish kerak? Me’yor qanday hisoblanadi?
  • Ochlik yordamida ozish mumkinmi?
  • Tuniga qomatga zarar yetkazmaydigan nima yesa bo‘ladi?
  • Ozishni xohlayotgan kishilarga go‘sht yeyish zararmi?

«Xabar.uz» sayti sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha ekspert Mavjuda Zohidova bilan maxsus video savol-javob tayyorladi va uni e’tiboringizga havola etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring