Dukentda paydo bo‘lgan ayiq masalasida Ekoqo‘mita munosabat bildirdi
Kecha yarim tunda Toshkent viloyatining Dukent qo‘rg‘onida ayiq paydo bo‘lgani, ko‘p o‘tmay jonivor otib o‘ldirilganiga oid xabarlar ortidan Davlat ekologiya qo‘mitasi bayonot berdi.
Qo‘mita matbuot xizmatiga ko‘ra, Toshkent viloyat Angren shahar Navbahor MFY Dukent qo‘rg‘onida aylanib yurgan ayiq to‘g‘risida tarqalgan xabar yuzasidan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiyasi inspektorlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fotosuratlardagi fuqarolar shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.
Surishtiruv natijalari bo‘yicha ma’lumotlar qo‘shimcha tarzda ma’lum qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter