Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DSQ raisi 84 nafar fuqaroning uy-joy bilan bog‘liq muammosini hal qilib berdi

DSQ raisi 84 nafar fuqaroning  uy-joy bilan bog‘liq muammosini hal qilib berdi

Foto: Toshkent viloyati soliq boshqarmasi matbuot xizmati

Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida fuqarolarning muammolarini o‘rganish va ularni yechishga yaqindan ko‘maklashish maqsadida Prezident Administratsiyasi tomonidan sayyor qabul tashkil etildi. 

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Behzod Musayev tomonidan Ohangaron shahar madaniyat va istirohat bog‘ida hamda Ohangaron tumani, Uvak mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabulda 50 nafardan ortiq fuqarolar hamda tadbirkorlik sub’yektlari vakillari ishtirok etdi.

Xususan, o‘tkazilgan uchrashuv va suhbatlar jarayonida aholi va tadbirkorlik sub’yektlari vakillarining 29 nafaridan turli xil mazmundagi muammolarini bartaraf qilish bo‘yicha taklif va murojaatlar tushgan.

Shundan, 5 ta murojaat joyida ijobiy hal etilib, 3 ta murojaat yuzasidan asosli tushuntirishlar berildi, 21 ta murojaat ijrosi uchun muddatlar belgilanib, tegishli tashkilot va idoralar tomonidan ko‘rib chiqilishi nazoratga olindi.

Foto: Toshkent viloyati soliq boshqarmasi matbuot xizmati

Ohangaron tumani, Uvak mahallasida bo‘lib o‘tgan navbatdagi sayyor qabulda Birlik ko‘chasi, 90-uyda istiqomat qiluvchi Abdulatif Isoqov yashayotgan uy-joyining kadastr hujjatlari tayyor bo‘lsada, tuman kadastr xizmati tomonidan egalik huquqi berilmayotganligi bo‘yicha marojaat qildi.

Bu muammo nafaqat Abdulatif Isoqovning balki, shu mahallada yashab kelayotgan yana 84 nafar fuqaroni yillar davomida qiynab kelayotgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur fuqarolarning uy-joyi tayyor holda bo‘lgan 30 nafariga uy-joyga egalik qilish huquqini qo‘shimcha to‘lovlarsiz rasmiylashtirib berish masalasi joyida hal qilinib, qolgan 54 nafarining uy-joyi qurilishi tugallanmaganligi sababli ularning ham muammosi huddi shunday tartibda hal etilishi nazoratga olindi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring