Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Dok-1 MAKS» preparatidan vafot etgan bolalar soni 18 nafarga yetdi

«Dok-1 MAKS» preparatidan vafot etgan bolalar soni 18 nafarga yetdi

Ayanchlisi, ularning barchasi 6 yoshgacha bo‘lgan, 15 nafari esa 3 yoshgacha bo‘lgan bolalardir.

Bemorlar Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy hamda Samarqand viloyatidan bo‘lgan.

Bemorlar yaqinlaridan ularning kasallanish sabablari surishtirilganda ularda shamollash alomatlari bo‘lgani va davolash maqsadida «Dok-1 MAKS» preparati qabul qilishganidan so‘ng ahvoli og‘irlashganini aytishgan.

«Dok-1 MAKS» preparatining har 10 mlda paratsetamol – 500 mg, gvayfenezin – 200 mg, fenilefrina gidroxlorid – 10 mg mavjud. Mutaxassislar «Dok-1 MAKS» preparatni 2 yoshdan qo‘llash mumkinligi ko‘rsatilgani, lekin shunday tarkibli boshqa kompaniyalar preparatlarini asosan 12 yoshdan keyin qo‘llashga ruxsat berilganini ta’kidlashdi.

Hozirda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tuzilgan ishchi guruhi o‘z o‘rganishlarini davom ettirmoqda. Samarqand shahar prokuraturasi har bir o‘lim holati bo‘yicha surishtiruv-tergov olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqanddagi bolalar shifoxonasida «Dok-1 MAKS» preparatini qabul qilish ortidan 15 nafar bola vafot etgani haqida ma’lumot berilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring