Dilshodjon Jalilov Yozyovonga hokim bo‘ldi
Bugun bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari Yozyovon tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Dilshodjon Tursunmurodovich Jalilov tuman hokimi etib tasdiqlandi.
Dilshodjon Jalilov bugungacha «Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati bosh direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
1980 yilda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. Farg‘ona politexnika instituti, Prezident huzuridagi davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.
Kecha davlat rahbari ishtirokida bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari Farg‘ona viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Yozyovon tuman hokimi Yo‘lchiboy Boyyigitov yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun lavozimidan ozod qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter