Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dilfuza Komil: «Atrof to‘la ibrat... Atrof to‘la dars...»

Dilfuza Komil: «Atrof to‘la ibrat... Atrof to‘la dars...»

Foto: «VitaMarg.com»

Ishxonadagi xodimlarim, shogirdlarimning hayotdagi muammolardan ozgina noshukrlik qilganini yoki norozi bo‘lganini sezganimda, ularni bir bahona bilan saraton xastaliklari shifoxonasiga olib boraman: shukr qilishni o‘rganishsin, deyman. Bugun ham shunday bo‘ldi: gazeta tarqatish bahonasida bordik o‘sha shifoxonaga. Bu yerda bizni yaxshi tanishadi. Ahvoli uncha yaxshi bo‘lmagan xastalar bilan suhbatlashamiz.

...Bir ayol yotibdi — yoshi mendan kichikroq, eti borib suyagiga yopishgan, ko‘zlari ich-ichiga botib ketgan, boshida bitta ham sochi qolmagan... Lekin tinmay jilmayadi.

Gaplashgisi, hazillashgisi keladi...

Biz bilan hazillasha turib, sip-silliq bo‘lib qolgan boshini silab, kuldi:
— Ana endi prichyoska dardim ham qolmadi! Soch bo‘lmasayam mazza ekan!..

Boyagina hayotlaridagi arzimagan muammolardan hasrat qilgan shogird qizlarim yuzlarini chetga burib yig‘lab olishdi...

Ishxonaga qaytgach, boshimizdan oshib yotgan tashvishlarimiz, qog‘ozlarga to‘la xonalarimiz mening noshukrlarim ko‘ziga katta davlatdek, ya’ni asl holida ko‘rina boshladi...

...Atrofimiz to‘la ibrat... Atrof to‘la dars... Birozgina to‘xtab, ko‘zni ochish kifoya...

(muallifning «Feysbuk»dagi sahifasidan olindi)

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring