Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Devorlar ochildi... Usmonov xalq tomonda

Devorlar ochildi... Usmonov xalq tomonda

Foto: Respublika ishchi guruhi

«Xabar.uz» saytida 22-aprelda «Qo‘qondagi «Berlin devori»... U ko‘chani kim va nega to‘sdi?» sarlavhali tanqidiy maqola e’lon qilingan edi. Unda to‘rt yildan buyon aholini qiynab kelayotgan va davlat idoralariga nisbatan ishonchsizlik uyg‘otayotgan muammoga e’tibor qaratilgan edi.

Mazkur maqola yaqinda Qo‘qon shahri hokimi lavozimiga tayinlangan Ma’rufjon Usmonov o‘tkazgan yig‘ilishda alohida ko‘rib chiqildi. Hokimlikning qurilish bo‘limiga va Sunbula mahallasi biriktirilgan 4-sektor rahbari Husan Usmonovga, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va profilaktika inspektoriga ko‘rsatma berdi. Aholini qiynayotgan har qanday muammoni, Respublika ishchi guruhi kelishini kutib o‘tirmasdan, zudlik bilan bartaraf etish zarurligini, xalqning ichiga kirib, uning dardiga malham bo‘lish hokimiyatning barcha bo‘g‘inidagi xodimlarning birinchi vazifasi ekanligini uqtirdi.

Foto: Respublika ishchi guruhi
Foto: Respublika ishchi guruhi
Foto: Respublika ishchi guruhi
Foto: Respublika ishchi guruhi

Devorlar o‘rtasidan aholi bemalol o‘tib-qaytishi uchun ikki kun ichida uchta eshik o‘rnatildi. Bozorda kelib-ketuvchilar ko‘pligi va aholining xavfsizligini, ko‘chaga besh-begona shaxslar kirmasligini ta’minlash maqsadida jamoat nazorati maskanlarini, darvozalarni chiroyli va ko‘rkam qilib o‘rnatish, devorni ta’mirlab, estetik jihatdan chiroyli holatga keltirish haqida topshiriq berdi. Ommaviy axborot vositalari bilan har qanday muammoni aniqlash va bartaraf etish borasida yaqin hamkorlikda ishlash kerakligiga urg‘u berdi.

Ko‘chalarning ko‘p sonli aholisi mushkuli oson bo‘lgani sababli 6-respublika ishchi guruhi vakillariga va «Xabar.uz» saytiga minnatdorchilik bildirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring