Deputat Farg‘ona viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining a’zosi O‘rinboyev Avaz Rustamovich Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Avaz O‘rinboyev 1978-yilda Oltiariq tumanida tug‘ilgan. Farg‘ona politexnika institutini hamda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.
1996-yilda “O‘ztadbirkorbank” Oltiariq tuman bo‘limida o‘z mehnat faoliyatini boshlagan.
2015 -2020-yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati – Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi.
2020-yilda 107-Rishton saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter