Davlat raqamini yashirgani ish bermadi
Avtotransport davlat raqamini yashirib chiqindi to‘kkan fuqaro 1 650 000 so‘m jarima to‘laydi.
Toshkent viloyati Zangiota tumanidan oqib o‘tuvchi Bo‘zsuv kanali muhofaza mintaqasiga noma’lum fuqaro Davlat raqami yashiringan avtotransport vositasida qurilishdan hosil bo‘lgan chiqindilarni to‘kkani kuzatuv kamerasi tasviriga muhrlandi.
Fuqaro «avtotransport raqamini yashirsam, shaxsimga hech kim aniqlik kirita olmaydi», deb o‘ylaydi. Huquqbuzar «chuchvarani xom sanadi». Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Zangiota tumani bo‘limi inspektorlari holatga aniqlik kiritib, huquqbuzarlikni tumanning Bo‘zsuv QFY, A.Temur ko‘chasida istiqomat qiluvchi 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro M.O‘. davlat raqami 10 A 360 ER bo‘lgan o‘z avtotransport vositasida sodir etganligi aniqlandi.
Huquqbuzar bilan soha xodimlari tushuntirish ishlari olib borib, holat yuzasidan unga nisbatan MJtKning 91¹-moddasi 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Fuqaro avtotransport vositasi davlat raqamini yashirishiga qaramay, sir fosh bo‘lib 1 650 000 so‘m jarima ham to‘laydigan bo‘ldi, deyiladi Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter