Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Davlat bu klinikaga litsenziya bergan, u esa hammani aldadi» — Adliya vaziri

«Davlat bu klinikaga litsenziya bergan, u esa hammani aldadi» — Adliya vaziri

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Senat yalpi majlisidagi hisobotida «Guanjo» klinikasi haqida eslab o‘tgan va firibgarlik jinoyatlari keskin oshib ketganini aytgan.

«Firibgarlik, kiberfiribgarlik hozir avj olyapti. Yangi moliyaviy piramidalar paydo bo‘lyapti. Fuqarolarimiz qimor va boshqa tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar uchun jinoiy javobgarlik borligini bilib turib ham bu yo‘ldan qaytmayapti. Biz aholimizda firibgarlik, kiberfiribgarlikka qarshi «immunitet» paydo qilishimiz kerak. Aldanib qolmasligi uchun kerakli ma’lumotni yetkazishimiz, oson daromad topish ilinjida tuzoqqa tushib qolmasligi choralarini ko‘rishimiz kerak», degan vazir.

Davletovning aytishicha, firibgarlik so‘nggi 4 yilda 4 baravarga, (2018 yilda 6 483 ta, 2019 yilda, 6 321 ta, 2020 yilda 10 496 ta, 2021 yilda 24 554 ta), kiberfiribgarlik esa so‘nggi 3 yilda 8,3 baravarga ko‘payib, hozirda umumiy jinoyatchilikning qariyb 5 foiziga yetgan.

«Ikkinchi tomondan, davlat organlari hushyor bo‘lib, firibgarlik holatlarining oldini olib borishi zarur. Yaqindagi bitta xususiy klinika atrofidagi holatlarda, davlat bu klinikaga litsenziya bergan, qonuniy ishlashiga ishonch bildirilgan, mana endi butun xalqni aldagani ma’lum bo‘lyapti», degan Adliya vaziri.

Shuningdek, firibgarlik sodir etgan va zararni to‘liq to‘lamagani uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan shaxslar jazoni o‘tash davomida to‘liq zararni qoplamagan bo‘lsa, shartli ozod qilinmasligini ko‘zda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring