Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davaktiv Qashqadaryo boshqarmasi muhim tadbir o‘tkazdi

Davaktiv Qashqadaryo boshqarmasi muhim tadbir o‘tkazdi

Joriy yilning 17-yanvar kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligining viloyat Qashqadaryo boshqarmasi tomonidan 2023 yil davomida qilingan ishlar va 2024-yilda amalga oshirilishi belgilangan muhim ustuvor vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan navbatdagi press-tur o‘tkazildi.

Unda ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlar ishtirok etishdi.

Tadbir ishtirokchilariga Davaktiv agentligi viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan 2023-yil dasturlariga muvofiq 104,8 mlrd.so‘m qiymatiga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan davlat aktivlari sotilganligi ma’lum qilindi. 

Shuningdek, 2023-yil davomida tadbirkorlar va fuqarolar uchun elektron onlayn-auksion savdolari orqali 1119 ta (69,7 gektar) yer uchastkalari 37,3 mlrd.so‘mga sotilganligi hamda aktivlarni sotish hisobiga 30,0 mlrd.so‘mdan ortiq mablag‘lar mahalliy budjetga qo‘shimcha manba sifatida yo‘naltirilganligini ta’kidlab o‘tildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring