Daryo o‘zanlaridan qum-shag‘al qazish uchun qanday ruxsat olinadi?
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Ozod Rajabov ishtirkida brifing o‘tkazildi.
Unda aholining savollariga javob qaytarildi.
Daryo o‘zanlaridan qum-shag‘al qazib olish uchun kimdan qanday tartibda ruxsat olinadi? To‘lovi ham bormi?
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrdagi 981-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Daryolar o‘zanlarini tozalash ishlariga tadbirkorlik sub’yektlarini elektron onlayn-auksion orqali jalb qilish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga ko‘ra, daryolar o‘zanlarini tozalash uchun ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish huquqi elektron onlayn-auksion orqali beriladi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan zaruratga ko‘ra olib borilgan o‘rganishlar natijalari bo‘yicha daryolar o‘zanlarida qum-shag‘al materiallari to‘planib qolgan va tozalanishi lozim bo‘lgan uchastkalar ro‘yxati shakllantiriladi.
«Xavfsiz daryo» DUK besh ish kuni mobaynida tasdiqlangan uchastkalar ro‘yxati bo‘yicha bosqichma-bosqich har bir uchastkaga loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun tegishli loyiha tashkilotlariga buyurtma beradi.
Loyiha tashkilotlari tomonidan tayyorlangan loyiha hujjatlarini olgandan so‘ng «Xavfsiz daryo» DUK ikki ish kuni mobaynida davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish uchun Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining davlat ekologik ekspertizasi organlariga belgilangan tartibda loyiha hujjatlarini taqdim etadi.
Davlat ekologik ekspertizasi organlari esa yigirma ish kuni mobaynida har bir loyiha hujjatlari bo‘yicha xulosasini tayyorlaydi va «Xavfsiz daryo» DUK vakiliga ishonchnoma asosida topshiradi.
Tadbirkorlik sub’yektlari o‘ttiz ish kuni mobaynida auksionda ishtirok etishga elektron shaklda ariza topshiradi hamda elektron arizada qayd etilgan lot raqami va nomi bo‘yicha elektron savdolar ochilgan kuni bir ish kuni mobaynida auksionda qatnashadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter