Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dam olish kunlarida ham iliq harorat davom etadimi? «O‘zgidromet» izohi

Dam olish kunlarida ham iliq harorat davom etadimi? «O‘zgidromet» izohi

Foto:«Xabar.uz»

«O‘zgidromet» dam olish kunlarida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Bugun va ertaga respublika bo‘yicha ob-havoni past bosim maydoni belgilaydi. Bunday vaziyatda Eron hududlaridan juda quruq va iliq havo kirib kelishi kutilmoqda. Havo harorati kunduzi 15-20 daraja iliqqacha, janubda 22 daraja iliqqacha, kechalari 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Havo harorati iqlim me’yoridan 10-12 darajaga yuqori bo‘ladi.

Yakshanba kuni O‘zbekiston hududlariga Kaspiy dengizi hududlaridan bulutli massivlar kirib keladi, buning natijasida bulutlilik zichlashadi va kunduz kuni havo harorati 13-16 daraja iliqqacha biroz pasayadi, kechasi 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Ammo bunday harorat hali ham iqlim me’yorlaridan 5-7 darajaga yuqoridir.

Shu kunlarda O‘zbekistonning tog‘li hududlari bo‘yicha qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi.

Biroq, bu issiq hali bahor emas. Keyingi haftada yana sovuq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring