Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dam olish kunlari soni ko‘paytirilishi mumkin

Dam olish kunlari soni ko‘paytirilishi mumkin

Dam olish vaqti — xodim mehnat vazifalarini bajarishdan xoli bo‘lgan va bundan u o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanishi mumkin bo‘lgan vaqt sanaladi. Dam olish kunlari xodimga ishdan chalg‘ishi va oila davrasida hordiq chiqarishi uchun beriladi.

Mehnat qonunchiligi bo‘yicha 1 yanvar — Yangi yil, 8 mart — Xotin-qizlar kuni, 21 mart — Navro‘z bayrami, 9 may — Xotira va qadrlash kuni, 1 sentyabr — Mustaqillik kuni, 1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni, 8 dekabr — Konstitutsiya kuni, shuningdek, Ro‘za hayit hamda Qurbon hayit bayramlarining birinchi kunlari bayram kunlari sanaladi.

Lekin agar dam olish kuni yakshanba kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, unda navbatdagi ish kuni dam olish kuni sifatida e’lon qilinadimi? Dam olish kuni ishga chiqish so‘ralganlar yoki shunga majbur etilganlar-chi? Ular qanday yo‘l tutishi kerak?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida «O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokamasi davomida shu kabi savollar deputatlar tomonidan o‘rtaga tashlashdi.

Ta’kidlanishicha, taklif etilayotgan qonun loyihasida dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi kunga ko‘chirilishi belgilanyapti. Bu degani qonunchilikda belgilangan bayram kunlari agar yakshanba kuniga to‘g‘ri kelsa, unda dushanba kuni dam olish kuniga qo‘shib beriladi.

Deputatlarning aytishicha, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining kabul kilinishi amaliyotga qator qulayliklarni yaratadi. Bunda bozor iqtisodiyoti talablarini hisobga olgan holda xodimlar va ish beruvchilar manfaatlarining muvozanati ta’minlanadi, ularning ijtimoiy hamkorlikka jalb qilinishi ortib, tomonlarning mehnat natijadorligiga qiziqishi rag‘batlantiriladi.

Manba: parliament.gov.uz

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring