Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dam olish kunisiz ishlagani uchun novvoyga jazo

Dam olish kunisiz ishlagani uchun novvoyga jazo

Foto: «bagnet.org»

«The Washington Post»ning yozishicha, fransuz novvoyxonasi xo‘jayiniga haftasiga yetti kun ishlagani uchun 3 ming yevro jarima solingan.

Fransiyada har bir fuqaro haftasiga kamida bir kun dam olishga chiqishi shart. Bu majburiyat hatto o‘z biznesini yuritayotganlarga ham taalluqli. Ayniqsa, o‘z xodimlarini ba’zida kechasi ham ishlashga jalb etadigan novvoylar doimiy nazorat ostida turadi.

Sedrik Vevr Parijdan uncha uzoq bo‘lmagan Beyki Lyuzini-syur-Bars ko‘li bo‘yidagi turistik tumanda chog‘roqqina novvoyxonasiga ega. O‘ziga jarima belgilanganidan keyin arz qilib chiqdi. Non do‘konining doimiy mijozlari ham uni qo‘llashmoqda. Kunlik mehnat huquqini tasdiqlash so‘ralgan petitsiyaga 500dan ziyod kishi imzosini qo‘ygan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring