Chiroqchi va Mirishkorda YPX xodimlari fuqarolarni kaltakladimi? — IIV ma’lumot berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Chiroqchi va Mirishkor tumanlarida fuqarolar YPX xodimlari tomonidan kaltaklangan» mazmunda tarqalayotgan xabarlar yuzasidan IIV ma’lumot berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda «Chiroqchi va Mirishkor tumanlarida fuqarolar YPX xodimlari tomonidan kaltaklangan» mazmunda xabarlar tarqalmoqda.
IIV Axborot xizmati xabariga ko‘ra, holat bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi O‘z xavfsizligi boshqarmasi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha bo‘limi tomonidan tekshiruv olib borilmoqda.
Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, tomonlar xatti-harakatlariga huquqiy baho berilib, tegishli chora ko‘rilishi va qo‘shimcha axborot e’lon qilinishi aytilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarning faollaridan tekshiruv yakuni bo‘yicha rasmiy ma’lumot berilgunga qadar noo‘rin mish-mishlarni tarqatmaslik so‘raladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter