Chilonzordagi ayrim mahallalarda issiqlik ta’minoti vaqtinchalik o‘chirildi

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, Chilonzor tumani Farxod ko‘chasidagi issiqlik quvurida olib borilayotgan ishlar natijasida ayrim MFYlarda joylashgan turar va noturar joy ob’yektlari 25-yanvar kuni 18:00 ga qadar vaqtincha issiqlik ta’minotidan uziladi:
— Naqqoshlik,
— Katta Qozirobod,
— Gavhar,
— Do‘mbrobod
— Katta Do‘mbrobod.
Bir necha kun avval Yunusobod tumanida ham issiqlik va issiq suv o‘chirilishi ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter