Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chet el kuzatuvchilari saylovlarga tayyorgarlik haqida qanday fikrda?

Chet el kuzatuvchilari saylovlarga tayyorgarlik haqida qanday fikrda?

Foto: xabar.uz

«Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar» shiori ostida o‘tayotgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga o‘tkazilayotgan saylovlarni kuzatish maqsadida MDH Ijroiya qo‘mitasi mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

«Xabar.uz» tahririyati holat yuzasidan Tojikiston hamda Ozarbayjondan kelgan ekspertlarning fikri bilan qiziqdi.

Nargiz Rahmonova, MDH vakili, Tojikiston:

«Ikki kundan beri O‘zbekistondamiz va shu paytgacha har besh partiya va MSK vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdik. Kuzatuvlarimiz shuni ko‘rsatdiki, MSK ulkan mashtabga ega ishlarni amalga oshirmoqda, O‘zbekistondagi siyosiy partiyalarning roli va ahamiyati sezilarli darajada oshganining guvohi bo‘ldik.

Yana shuni ta’kidlash joizki, oldingi saylovlarga qaraganda bu yilgi saylovlar o‘zining tashkiliy masalalari va nomzodlarning erkin tarzda o‘z dasturlarini omma e’tiboriga havola qilinishi bilan farq qiladi. Yuzdan ortiq uchrashuvlar tashkil qilinmoqda, saylovlarga tayyorgarlik jarayoni yuqori darajada o‘tmoqda va saylovlarning o‘zi ham shu darajada o‘tishini xohlaymiz.»

Foto: xabar.uz

Aydin Jafarov MDH vakili, Ozarbayjon:

«Tashkiliy masalalarga alohida yondashilgan, saylovchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Ertangi saylovlarda, 50 ming nafardan ziyod mahalliy kuzatuvchilar faoliyat olib borishi ma’lum bo‘ldi. Ular bilan birgalikda saylov jarayonlarining qay darajada shaffof o‘tishini bevosita kuzatib boramiz. Rejamizga ko‘ra Buxoro, Samarqand, Navoiy va Toshkent shaharlaridagi saylov uchastkalarida bo‘ldik. Saylovlardan so‘ng barcha delegatsiya a’zolari tomonidan yakuniy xulosaga kelinadi va baho beriladi».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring