Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buyrak transplantatsiyasini boshdan kechirgan ayol farzandli bo‘ldi

Buyrak transplantatsiyasini boshdan kechirgan ayol farzandli bo‘ldi

Foto: SSV matbuot xizmati

Qoraqalpog‘istonlik Anesiya Utagenova buyrak transplantatsiyasi amaliyotini 2017 yilning dekabr oyida O‘zbekiston bo‘yicha birinchilardan bo‘lib boshdan o‘tkazgan bemorlardan biridir. U 2020 yilda turmushga chiqqan. Turmush qilishidan avval ham shifokorlarning jiddiy tekshiruvlaridan o‘tgan. Yaqinda Anesiya to‘ng‘ich farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Xirurg-transplantolog Zohidjon Matkarimovning ta’kidlashicha, buyrak transplantatsiyasini boshdan o‘tkazgan bemorlarning tug‘ishini rivojlangan davlatlarda ham ko‘plab nefrologlar bo‘yniga olmaydi. Chunki homiladorlik bemorga salbiy ta’sir qilib, homila va bo‘lg‘usi onaning taqdiri xavf ostida qolishi mumkin.

Anesiya Utagenova homiladorlik vaqtida ham malakali nefrolog, transplantologlarning nazoratida bo‘lgan. Quvonchli tomoni shundaki, uning 3 kilogram og‘irlikdagi farzandi Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya markazida tabiiy tug‘ish yo‘li bilan dunyoga keldi. Hozirda ona va bolaning ahvoli yaxshi. Ularga shifoxonadan ruxsat berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring