Buxorodan 50 dona «sovet tangasi»ni olib chiqayotgan shaxs ushlandi
«Buxoro aeroporti» bojxona posti xodimlari yashirin ravishda 50 dona «sovet tangasi»ni xorijga olib chiqayotgan shaxsni qo‘lga olishdi. Bu haqda «Xabar»ga viloyat bojxona boshqarmasi matbuot kotibi Durdona Qayumova ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Buxoro aeroportidan «Buxoro-Vnukovo» aviareysi orqali harakatlanishi kuzatilayotgan fuqarolarning qo‘l yuklari bojxona xodimlari tomonidan belgilangan tartibda tekshirilgan. Bunda fuqarolardan birining sarosimada ekani bojxona xodimlarini shubhalantirgan. Amaldagi bojxona qonunchiligiga ko‘ra, mazkur fuqaroning qo‘l yuklari tegishli bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan. Fuqaro R.Ch.ning qo‘l yuklari orasidan 50 dona «sovet tangasi» topilgan.
«Bu tangalar ham madaniy boylik hisoblanadi. Har qanday ko‘rinishdagi madaniy boylikning yurtimiz chegaralaridan chiqib ketilmasligi doimiy nazorai ostiga olingan», – deydi Durdona Qayumova.
Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter