Buxoroda ilk bor buyrak ko‘chirib o‘tkazildi
Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida ilk marotaba 43 yoshli erkakda buyrak transplantatsiyasi amalga oshirildi.
Tibbiyot markazida ko‘plab murakkab turdagi jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan. Biroq buyrak transplantatsiyasi birinchi marotaba respublikaning yetakchi mutaxassislari bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
43 yoshli bemor o‘zida mazkur murakkab jarrohlik amaliyotini o‘tkazishga rozilik bildirgan. U bir necha yildan buyon buyrak yetishmovchiligi bilan davolanib kelgan.
Buyrak ko‘chirish uchun xorijga chiqishga imkoni bo‘lmagani sabab yurtimizda yo‘lga qo‘yilgan amaliyot unga umid bag‘ishlagan. Bemorga uning singlisi donorlik qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter