Buxoro viloyatiga yangi hokim tayinlandi
![Buxoro viloyatiga yangi hokim tayinlandi](https://static.xabaruz.com/crop/2/2/720_460_95_2230072520.jpg)
Bugun, 7-noyabr kuni Buxoro viloyati hokimligi majlislar zalida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Nizomiddinov, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, shahar va tumanlar hokimlari, xalq deputatlari viloyat kengashi deputatlari, Oliy Majlis Senati a’zolari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, viloyat korxona va tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Zaripov Botir Komilovich Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani ma’lum qilindi.
Botir Zaripov 1969-yil 20-noyabrda G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan.
Tayinlovga qadar «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi boshqaruvi raisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Bungacha viloyatga yetakchilik qilib kelayotgan Farhod Umarov esa Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘alchilikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter