Butun O‘zbekistonda moratoriy, Andijonda esa yana o‘nlab daraxtlar kesildi
Andijon viloyat ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati Asakada 10 ga yaqin ko‘p yillik daraxtlar kesib yuborilganligi to‘g‘risidagi xabarlarga rasmiy javob berdi.
«Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbirlari davomida aniqlandi hamda o‘rganish ishlari olib borildi.
Dastlabki surishtiruv natijalariga muvofiq, Asaka tumani A.Temur MFY hududidagi daraxtlarni kesishga qonunchilikda belgilangan tartibda ekologiya organi xulosasi va mahalliy davlat hokimiyatining ruxsatnomasi berilmagan.
Mazkur hududdagi daraxtlarni xususiy korxona rahbariyati tomonidan daraxtlarni kesishga ruxsatnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilinmagan.
Hozirda surishtiruv ishlari davom etmoqda. Mazkur qonunbuzarlik holati natijalari bo‘yicha qo‘shimcha axborot berib boriladi», deyiladi xabarda.
Yaqindagina Andijon shahridagi Perinatal markazi hududida 12 tup «eldor qarag‘ayi» daraxti, moratoriy talablariga zid ravishda, kesib yuborilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter