Burchmullada DXM filiali ochildi
Burchmulla qishlog‘i Chorvoq suv omborining janubiy-sharqida, Piskom va Ko‘ksuv tizmalarining eng chekka g‘arbiy tarmoqlari etaklarida joylashgan bo‘lib, dengiz sathidan 900-1000 metr balandlikda joylashgan. Atrofidagi Yakkatut, Yangiqo‘rg‘on kabi qishloqlarda 8 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Tog‘-yon bag‘rida joylashgan mazkur aholi yashash manzillari tuman markazidan 60-70 chaqirim olisda joylashgan. Bu yerlik aholining davlat xizmatlaridan foydalanishlari uchun markazga borib kelishlariga bir kun vaqti ketardi. Qancha yoshu keksa ovvorayu sarson edi. Endilikda, ushbu hudud aholisi ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflab tuman markaziga borishiga ehtiyoji qolmadi.
Burchmulla qishlog‘idagi mahalla fuqarolar yig‘ini binosida aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish maqsadida Bo‘stonliq tumani Davlat xizmatlari markazining filiali ish boshladi.
Ma’lumot o‘rnida, bugungi kungacha Toshkent viloyatining olis hududlarida 5 ta tuman davlat xizmatlari markazlarining filiallari faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, yangi ochilgan Burchmulla filiali bilan ularning soni 6 taga yetdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter