Bugundan respublika bo‘ylab harorat tushib ketadi

27-sentyabrda kunduz kuni respublika hududiga Volga bo‘yi hududlaridan salqin havo tarqaladi.
Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat foni nisbatan pasayadi va kunduz kuni 23-28° ni, shimolda 18-23° ni tashkil etadi.
Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23-25° gacha pasayadi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 19-24° bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter