Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun jazirama kuchayadi

Bugun jazirama kuchayadi

Foto:«Xabar.uz»

Bugun 4-iyulda O‘zbekistonda issiq ob-havo saqlanib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Maksimal harorat qiymatlari 38-41°, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 43-44° gacha bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Kunduzi havo xarorati 39-41° gacha isiydi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi,kunin ikkinchi yarimida ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-34° bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring