Brifingdan so‘ng OAV xodimlari quyuq mehmon qilindi
Kecha Andijon viloyati prokuraturasi ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun maxsus brifing uyushtirdi. Majburiy ijro byurosining viloyat boshqarmasi binosida bo‘lib o‘tgan tadbirda joriy yilning o‘n oyida amalga oshirilgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoq va saytlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan voqeliklar xususida viloyat prokuraturasining nuqtai nazari ham bildirildi.
Asosan mahalliy OAV xodimlaridan iborat sanoqligina jurnalistlar ishtirok etgan bo‘lsa-da, tadbir savol-javob va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tgani aytilmoqda. Brifing salkam ikki soat davom etgani shunga dalolat qiladi.
Tabdir nihoyasida prokuratura xodimlari hamkasblarimizning qadamlariga hasanotlar aytishi barobarida «bir piyola choy»ga taklif etibdilar. Mezbonlar oldindan tayyorgarlik ko‘rib qo‘ygani to‘kin dasturxon tadbir o‘tgan joyning o‘zida muhayyo etilganidan bilish mumkin. Unda ishtirok etgan manbamiz ayniqsa devziradan damlangan palov judayam xushxo‘r bo‘lganini alohida ta’kidladi.
Darvoqe, tadbir haqida hozircha bir-ikkita xabar chiqdi, xolos. Xabarlar mazmunidan palovning ta’mi qalamga urganini sezish qiyinmas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter