Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirziyoyev bugun Bosh prokuror hisobotini eshitadi

Mirziyoyev bugun Bosh prokuror hisobotini eshitadi

Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘tkazgan brifingda joriy haftada davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev ishtirokida qanday tadbirlar rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bugun, dushunba kunning birinchi yarmida Prezident huzurida qurilish loyihalari taqdimoti o‘tkazilgan. Unda Toshkent shahrida 2025-yilda Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish uchun qurilayotgan Olimpiya shaharchasi, Parkent  tumanida turizmni rivojlantirish hamda Termiz shahridagi ziyoratgohlarni obodonlashtirish loyihalari ko‘rib chiqilgan.

«Kunning ikkinchi yarmida mahallalarning infratuzilmasi rivojiga ajratilgan mablag‘larning sarflanishini nazorat qilish mexanizmlari hamda alohida topshiriqlar ijrosi yuzasidan mutasaddi rahbarlar, xususan Bosh prokuror Davlat rahbariga hisobot beradi.

Shuningdek, mazkur ish haftasi davomida ma’muriy islohotlarni amalga oshirish hamda qishloq xo‘jaligi strategiyasida belgilab berilgan vazifalar ijrosiga oid muhokamalar rejalashtirilgan», – deydi Asadov.

Sherzod Asadov, shuningdek, Prezident 20–21-oktyabr kunlari davlat tashrifi bilan Turkmanistonda bo‘lishi haqida ham xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, tashrif davomida ikki mamlakat rahbarlarining tor va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari bo‘lib o‘tadi, ularning yakunida salmoqli, birinchi navbatda savdo-iqtisodiy hamkorlikka oid hujjatlar to‘plami imzolanadi.

Shu bilan birga, Prezidentlar Ashxobod shahrida barpo etilgan «Toshkent» bog‘inining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadilar hamda O‘zbekiston-Turkmaniston chegaraoldi savdo zonasini tashkil etish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish ishlariga start beradilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring