Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yomg‘ir ostidagi «Boysun bahori» qanday o‘tmoqda? (foto)

Yomg‘ir ostidagi «Boysun bahori» qanday o‘tmoqda? (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Ayni vaqtda Surxondaryodagi Padang qishlog‘ida «Boysun bahori» festivali bo‘lib o‘tmoqda. Bugun kun davomida folklor jamoalarining chiqishlari baholab borildi.

Saylgoh bo‘ylab 136 ta o‘tov tikilgan. Ularning har birida qiziqarli eksponatlar namoyish etilyapti. Festivalga nafaqat Boysundan, balki butun Surxondaryodan mehmonlar kelmoqda.  Tashkilotchilar qo‘shni tumanlardan saylgohga avtobus qatnovini yo‘lga qo‘ygan.

Bayram davomida yomg‘ir yog‘ib turdi. Ammo bayram to‘xtab qolgani yo‘q, aksincha, saylgohga kelayotganlar soni daqiqa sayin ortib bormoqda. Festivalni yoritish uchun MTRKning ijodiy guruhi yetib kelgan. Shu bilan birga turli OAV vakillari ham ish olib boryapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring