Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuraturada yangi boshqarma tashkil etildi

Bosh prokuraturada yangi boshqarma tashkil etildi

Foto: «Xabar.uz»

Bosh prokuratura tuzilmasida Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimini rivojlantirish sohasida qonunchilik ustidan nazorat boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentda «Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi resurslaridan foydalanish sohasida iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘limi» tashkil etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i lavozimiga Xolmatov Baxriddin Uktam o‘g‘li, Departament bo‘limi boshlig‘i lavozimiga Orziyev Parviz Zavqiddinovich tayinlandi.

Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirish, ichki va tashqi investitsiyalarni jalb qilish, turizm infratuzilmasini rivojlantirish, suv resurslaridan, o‘simlik va hayvonot dunyosidan oqilona foydalanish hamda muhofaza qilish hamda noqonuniy bino va inshootlarni qonuniylashtirish, atrof-muhitini yaxshilash ustidan nazorat olib borish Bosh prokuratura boshqarmasining asosiy vazifalari hisoblanadi.

Shuningdek, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida nazoratning samarali boshqaruvini amalga oshirish imkonini beruvchi Bosh prokuratura boshqarmasining situatsion-tahlil punktlari tashkil etildi.

Hozirda boshqarma tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.04.2019-yildagi «Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining biologik resurslaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 347-sonli qaroridan kelib chiqib, tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida biologik resurslardan foydalanish, biologik xilma-xilligini saqlash, investitsiyalarni keng jalb qilish, turizmni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida kompleks chora-tadbirlar Dasturi ishlab chiqilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring