Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura xorijlik jurnalistning o‘limi yuzasidan bayonot berdi

Bosh prokuratura xorijlik jurnalistning o‘limi yuzasidan bayonot berdi

Foto: Xabar.uz

37 yoshli jurnalist Aleksandr Nechayev vafot etganligi holati yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmokda.

Bu haqda O‘zbekiston bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi. 

O‘lim sababini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Natijalari haqida qo‘shimcha xabar qilinadi, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda rossiyalik jurnalist, «Byulleten kinoprokatchika» jurnali muharriri Aleksandr Nechayevning jasadi topilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring