Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura Samarqanddagi holat bo‘yicha ma’lumot berdi

Bosh prokuratura Samarqanddagi holat bo‘yicha ma’lumot berdi

Foto: Xabar.uz

Samarqandda bolaga nisbatan zo‘rovonlik qilinganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 138-moddasi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda. 

Hozirda ichki ishlar organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov jarayoni nazoratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, 16-mart kuni Samarqand viloyat IIB «102» operatoriga Samarqand shahar, Gagarin ko‘chasida bir bola Damas rusumli avtomashinada oyog‘i zanjir orqali kishanlanganligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring