Bosh prokuratura kafedagi yong‘inda halok bo‘lgan 5 kishi haqida ma’lumot berdi
Toshkent shahri Chilonzor tumani Qizil Sharq mavzesi 9A-uy Guliston ko‘chasida joylashgan «Shovotlandiya» kafesining yoqib yuborilishi oqibatida besh nafar fuqaro halok bo‘lgani, qasddan yoqib yuborgan shaxs ushlangani haqida xabar bergandik.
Bosh prokuratura axborot xizmati «Shovotlandiya» kafesidagi yong‘inda halok bo‘lgan 5 kishi haqida ma’lumot berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida 1998-yilda tug‘ilgan J.J. (erkak), 1998-yilda tug‘ilgan X.X. (erkak), 1961-yilda tug‘ilgan B.A. (ayol), 1999-yilda tug‘ilgan M.B. (ayol) va 1996-yilda tug‘ilgan Sh.A. (ayol) halok bo‘lgan.
Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi «b, v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari mahkamaning O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter