Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Foto: «Customs.uz»

O‘tkirjon Qodirov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Davlat bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Uning navbatdagi ish joyi haqida ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining 2021-yil 9-apreldagi qaroriga muvofiq, bungacha Qishloq xo‘jaligi vazirligida bosh boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan O‘tkirjon Qodirov Davlat bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.

O‘tkirjon Qodirov 1984-yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston Respublikasi strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tugallagan.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring