Bojxona qo‘mitasi rahbariga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
![Bojxona qo‘mitasi rahbariga birinchi o‘rinbosar tayinlandi](https://static.xabaruz.com/crop/1/5/720_460_95_155661399.jpg)
Prezidentning 2025 yil 11 fevraldagi tegishli qarori bilan bojxona xizmati polkovnigi Nosirov G‘ayrat Farhodovich Bojxona qo‘mitasi Raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Bunga qadar G‘ayrat Nosirov “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshlig‘i lavozimida xizmat qilib kelayotgan edi.
Shu kunga qadar Bojxona qo‘mitasi Raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida xizmat qilib kelgan Ilhom Muxtorov esa bojxona organlaridagi boshqa tuzilmalarda o‘z xizmatini davom ettiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter