Bog‘cha tarbiyalanuvchilarga tegajoqlik qilgan o‘spirin qamaldi
Toshkentda bog‘cha tarbiyalanuvchilariga tegajoqlik qilgani aytilgan yuqori sinf o‘quvchisi (bog‘cha mudirasining o‘g‘li)ga hukm o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
2024-yil 23-yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida voyaga yetmagan X. Sh.ga (2008-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan) oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi.
Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining sudyasi J. Kurbanov raisligida Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.
E’lon qilingan sud hukmiga muvofiq X. Sh. Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 85-moddasi (ozodlikdan mahrum qilish) 2-qismi «v» bandiga asosan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni tarbiya koloniyalarda o‘tash belgilandi, deyiladi xabarda.
Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma’lum qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter