Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda bog‘cha mudirasi, bosh oshpazi, ombor mudiri ishdan bo‘shatildi (video)

Andijonda bog‘cha mudirasi, bosh oshpazi, ombor mudiri ishdan bo‘shatildi (video)

Foto: «Sputnik»

2018-yilning 2-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Bog‘chada tushlik kechikdi — bolalar och uxlab qoldi» mavzusidagi videomaterial ko‘pchilikning muhokamasiga sabab bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidagi 1-maktabgacha ta’lim muassasasining oshxonasida sodir bo‘lgan. Uni bog‘cha tarbiyachisi tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan.

Maktabgacha ta’lim vazirligining matbuot xizmati boshlig‘i To‘rabek To‘rayevning ma’lum qilishicha, ushbu holatni xolis va adolatli o‘rganish maqsadida vazirlik tomonidan tezkor ishchi guruhi tuzilib, surishtiruv o‘tkazilgan. Tezkor surishtiruv davomida haqiqatan ham, mazkur bog‘chaga 2-aprel kuni go‘sht mahsuloti belgilangan vaqtdan kech olib kelingani sababli, tushlik o‘z vaqtida tayyorlanmagani va tarqatilmagani aniqlandi.

Maktabgacha ta’lim vazirligining Shu bois, o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragani va bog‘cha oshxonasidagi sanitariya-gigiyenik holatlarga befarqligi uchun 1-MTM ombor mudiri Alisher Ahmedov, bosh oshpaz Ulug‘bek Jalilov hamda oshpaz Abdujalil Sultonov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Shuningdek, ishda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun muassasa mudirasi S.Abdullayeva egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Maktabgacha ta’lim vazirligi har bir noqonuniy xatti-harakat yuzasidan o‘z munosabatini bildirib, mas’uliyatsiz xodimlarga keskin chora ko‘rilishi haqida yana bir bor ogohlantiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring